Xorazm viloyat hokimi Rossiya va Belarussiyaning yirik farmatsevtika kompaniyalari vakillarini qabul qildi
Joriy yilning 7 iyun sanasida Xorazm viloyat hokimi Farxod Ermanov “InterLek” kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha maslahatchisi Viktor Stepanovich Shein boshchiligidagi Rossiya va Belarus Respublikasining farmatsevtika kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.
Delegatsiya tarkibida “Belfarmprom” xoldingi, “Minskinterkaps”, “Ekzon” kompaniyalari, “Belgosproyekt instituti” OAJ va boshqa farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar vakillari bor. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, mazkur kompaniyalarda ishlab chiqarilgan dori vositalari MDH davlatlari, shuningdek dunyoning bir qator mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Muloqot chog‘ida Urganch shahrida infuzion eritmalar, ampula, kapsula va tabletka shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati