Yangi Farmatsevtika texnik universiteti va Purdue University o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ekspertlar guruhidan iborat delegatsiya jahonning eng nufuzli oliygohlari qatoriga qiruvchi Purdue Universiteti vakillari bilan uchrashishdi.
Universitet Sanoat va fizik farmatsevtika bo‘limi rahbari Stiven Byorn hamda professor Kari Klass bilan bo‘lgan uchrashuvda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida qurilayotgan Farmatsevtika texnik universiteti uchun xodimlarni tayyorlash, biotexnologiya va bioinjenering yo‘nalishlari bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati