O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Jamoatchilik kengashi: faoliyat ochiqligi va shaffofligini taʼminlash

Eʼtirof etish kerakki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish masalalariga eʼtibor kuchaytirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Bu borada yurtimizda davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashning huquqiy asoslari shakllantirilib, davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari yaratildi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi tubdan isloh qilindi, «Elektron hukumat» tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, tobora keng qo‘llanilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi  huzurida ham Agentlik direktorining tegishli buyrug‘i bilan jamoatchilik kengashi tashkil etilgan bo‘lib, unda davlat va jamiyat o‘rtasida taʼsirchan hamda samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, ular faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Jamoatchilik kengashiga farmatsevtika sohasida namunali xizmat ko‘rsatgan 15ga yaqin mehnat faxriylari va tajribali mutaxasislar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari jalb etilgan.

Kuni kecha jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazilib, unda “Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan xom ashyolar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi PF 154 - son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash bo‘yicha metodikasining 8-ilovasiga asosan “Jamoatchilik kengashining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari” muhokama qilindi. Bundan tashqari, kun tartibiga kiritilgan “Bojxona bojlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi o‘rganib chiqildi.

Kengash aʼzolari retseptsiz farmatsevtika mahsulotlari savdosini erkinlashtirish bo‘yicha Agentlikda ishlab chikilgan takliflar bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, majlisda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash bo‘yicha  jamoatchilik kengashining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari  atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ular ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari belgilab olindi.

Maʼlumot uchun Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalarilari bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech