O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tuzilma

Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo‘limi

Bo‘lim o‘z faoliyatini tashkil etish va sohani rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi.

· Doimiy ravishda dori vositalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni xatlovdan o‘tkazib, mavjud ro‘yxatni yangilab borish;

· Korxonalar bilan muntazam ravishda ish olib borish (muammolarini va takliflarini o‘rganish);

· Korxonalarga ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda vakolat doirasida amaliy yordam ko‘rsatish;

· Statistika agentligi tomonidan taqdim etiladigan raqamlarni tahlil qilib hisobotlar tayyorlash;

· Statistika agentligi tomonidan ajratilgan 03877 (DBIBT) kod raqamiga doimiy ravishda korxonalarni biriktirib borish;

· Xar oyning 5-sanasiga qadar o‘tgan oy bo‘yicha hisobotlar tayyorlab borish;

· Mahalliylashtirish dasturiga kirgan korxonalar bilan ma’lumotlar almashinish hamda ular tomonidan Statistika agentligiga hisobotlarni topshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish, monitoring olib borish;

· Sertifikatsiyaga tushadigan mahalliy hamda import qilingan dori vositalarini tahlilini olib borish;

· Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan muntazam ravishda taqdim etiladigan ma’lumotlar tahlilini olib borish. Bunda ko‘p miqdorda import qilinadigan dori vositalarni mahalliylashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqarish yo‘li bilan importni o‘rnini bosish bo‘yicha ishlar olib borish;

· Import mahsulotlarning tahlil natijalari asosida xar chorak yakuniga ko‘ra mahalliy korxonalarga o‘zlashtirish yuzasidan takliflar taqdim etib borish;

· Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xomashyo va materiallarni Bojxona bojidan ozod qilish hamda qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatini muntazam ravishda yangilab borish choralarini ko‘rish;

· Bo‘limga kelib tushadigan hujjatlar va murojaatlar bilan ishlash.

Babaniyazov Oybek Kurbandurdiyevich

Bo'lim boshlig'i
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech