O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tuzilma

Fan va taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

➖ Agentlikning ilmiy-tadqiqot institutlari (OʼzKFITI, ToshVZITI va ShTITI) fundamental, davlat ilmiy-texnik dasturlari va innovatsion ishlarini amalga oshirish boʼyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

➖ import oʼrnini bosuvchi dori vositalarini yaratish boʼyicha innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;

➖ mahalliy dorivor substantsiyalar va tayyor dori vositalarining ishlab chiqishini nazorat qiladi;

➖ ilmiy-ishlab chiqarish institutlari va farmatsevtika korxonalari oʼrtasida yangi dori vositalarini ishlab chiqish va yangi tadqiqot yoʼnalishlar boʼyicha hamkorlikni taʼminlaydi;

➖ ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tijoratlashtirish va yangi tadqiqot yoʼnalishlarini boshlashda koʼmaklashadi;

➖ Agentlikning Ilmiy-texnik kengashi yigʼilishlarini tashkil etadi;

➖ amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar tanloviga Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish uchun tegishli institutlarning ilmiy loyihalarini tanlashda ishtirok etadi;

➖ farmatsevtika sohasi mutaxassislari uchun qayta tayyorlash, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etishga koʼmaklashish.

Axmedova Dilfuza Toirovna

Bo'lim boshlig'i
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech