O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tuzilma

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

➖ Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Agentlik markaziy apparati, xududiy bo‘linmalari va quyi tashkilotlari (Agentlik tizimidagi tashkilotlari) faoliyatini takomillashtirish; 

➖ Agentlik tizimidagi tashkilotlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish va ularga qarshi kurashish;

➖ Agentlik tizimidagi tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;

➖Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha direktorni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha tashkilot faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;

➖ Korrupsiyaga xuquqbuzarlik bo‘yicha ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tashkilot boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish; 

➖ Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib boradi hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha xisobotlarni tayyorlaydi va belgilangan muddatlarda topshirishni amalga oshiradi.

Urazov Jamil Baxramovich

Bo'lim boshlig'i
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech