O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tuzilma

Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

➖ farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yana-da to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

➖ farmatsevtika bozorining marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi, talab katta bo‘lgan dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnikani, ularni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yoki mavjud ishlab chiqarishlarga tuzatishlar kiritishni aniqlaydi;

➖ mahalliy dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnikani tashqi bozorlarga chiqarishga ko‘maklashadi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda talab katta bo‘lgan dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;

➖ dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda xamda amalga oshirishni tashkil etishda qatnashadi;

➖ import o‘rnini bosuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;

➖ dorivor o‘simlik xom ashyosi bazasini yaratish, kengaytirish bo‘yicha  ilg‘or innovatsion tajribalarni o‘rganish, ular asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga takliflar kiritish;

➖ dorivor o‘simliklarni yetishtirish va tabiiy preparatlar ishlab chiqarish sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida respublika va xalqaro konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;

➖ dorivor o‘simlik ishlab chiqarishni yana-da rivojlantirishga qaratilgan  hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlash;

➖ o‘rmon xo‘jaligiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga dorivor o‘simliklarning sanoat plantatsiyalarini yaratishda ko‘maklashish;

➖ tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish sohasida;

➖ ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishda muammolarni tizimli tahlil qilish va shu asosda mavjud muammolarni yechimi yuzasidan taklif ishlab chiqish;

➖ mahalliy tashkilotlar vakillarining xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmalarida, forumlar, konferensiyalar, seminarlarda hamda xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda ishtirok etishini taʼminlash;

➖ mahalliy farmatsevtika mahsulotlari eksporti bilan bog‘liq masalalarda qatnashish.

Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasi

Abdullaev Ilhom Baxramovich
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech