O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati yoshlarda matbuot borasidagi bilimlarini oshirmoqda

3 may - Xalqaro matbuot erkinligi kuni. Ushbu sanani butun dunyo, shu jumladan O‘zbekiston matbuot xodimlari, jurnalistlari keng nishonladi. Soha vakillari ushbu kunga turli radioeshshitirshlar, televizion dasturlar, maqolalar tayyorladilar. Yurtimizning matbuot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan jurnalistlar bilan intervyular efirga uzatildi, sohaga kirib kelayotgan yosh jurnalistlar rag‘batlantiruvchi tanlov bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi – Matbuot xizmati vakillari ham ushbu kunni o‘zgacha nishonlashga qaror qildilar. Ular talaba yoshlarning matbuot borasidagi bilimlarini oshirishni maqsad qildilar.

Joriy yilning 5 may kuni Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Rizayevning taklifi bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati vakillari institut talabalari uchun davra suhbati o‘tkazdi. Tadbir boshida Agentlik matbuot kotibi Qizlarxon Begmatova va bosh mutaxassis Lochinbek Xudoyorov jurnalistlar jumladan OAV, blogerlar bilan ishlash hamda axborot taqdim etishda eʼtibor berish kerak bo‘lgan muhim mavzular yuzasidan taqdimot o‘tkazidi.

Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Rizayevning aytishicha, ushbu uchrashuvni tashkil etish rejasi ancha ilgari paydo bo‘lgan. “Institut Matbuot xizmati faoliyatini rivojlantirish maqsadida Agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi vakillarini taklif qilib, talabalarni ularning faoliyati va tajribasi bilan yaqindan tanishtirishni, shuningdek, ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni ham reja qilgan edik”, - dedi Kamal Rizayev.

Darhaqiqat, davra suhbati juda samarali kechib, talabalarning ushbu sohaga qiziqishi juda yuqori ekanligi namoyon bo‘ldi. Ular tomonidan ko‘plab savollar berildi va Agentlik vakillari ularga atroflicha javob berdilar. Uchrashuv yakunida Farmagentlik va Institut matbuot xizmatlari hamkorlikni kuchaytirishga va doimiy ravishda yosh ijodkorlarga ko‘maklashishga kelishib oldilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati    
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech