O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Yoshlar press klubida "Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning yoshlar o‘rtasida noqonuniy aylanishi: jamoatchilik va yoshlar fikri” mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda keyingi uch yilda yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huqukbuzarlik oldingi yillarga nisbatan kamaygan bo‘lishiga qaramasdan aynan tartibsizlik, yoshlar o‘rtasida turli qonunda ruxsat etilmagan, tibbiyot mutaxassislarining ruxsatisiz foydalanishi taqiqlangan psixotrop moddalarning yoshlar o‘rtasida noqonuniy tarqatilishi hamda ular orqasidan kelib chiqayotgan turli kasalliklar kabi salbiy illatlarning ko‘payib borishi keng jamoatchilik vakillarini tashvishga solib qo‘ymoqda.

 

Yoshlar ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida bu kabi salbiy illatlarni, mayda bezorilik va huquqbuzarliklarni oldini olish kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masala ekanligini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Shu nuqtai nazardan vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan mazkur salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha hamkorlikda doimiy ravishda profilaktika ishlarini olib borishmoqda.

Dori vositalarining noqonuniy aylanishi va ularning suiisteʼmol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aylanishini tartibga solishni takomillashtirish, shuningdek, aholining sog‘lig‘ini saqlashni taʼminlash, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va Hukumat qarorlarining ijrosini taʼminlash yuzasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan yoshlar press klubining navbatdagi sessiyasi qizg‘in bahs va munozalarga boy o‘tdi. 

 

Tadbirda ishtirok etgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi Narkotiklar nazorati qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov ishtirokchilar tomonidan berilgan bir qancha savollarga atroflicha javob berarkan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida"gi (PQ-4438-son 06.09.2019) hamda Xukumatimizning "Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida"gi (818-son, 27.09.2019 y.) qarorlari yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi.

 

Sessiya davomida dori vositalari noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish, aholi orasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning notibbiy maqsadlarda qo‘llanilishining oldini olishda profilaktik chora-tadbirlarni zamon talabiga moslash kerakligi va boshqa bir qancha dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech