O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi “Taʼlim va mutaxassislik” Xalqaro ko‘rgazmasida faol ishtirok etishmoqda

Poytaxtimizdagi "Yoshlar ijod saroyi"da yoshlar bandligini taʼminlash hamda Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashga ko‘maklashish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Taʼlim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ko‘rgazmada Toshkent farmatsevtika instituti vakillari ham faol qatnashmoqdalar.

Ko‘rgazmada institutning Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi, Biotexnologiya, Farmatsevtik kimyo, Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti, Toksikologik kimyo , Farmakologiya va klinik farmatsiya, Analitik kimyo kafedralari professor-o‘qituvchilari turli hildagi dori vositalaridan namunalarni, ilmiy ishlar va yana ko‘plab erishgan yutuqlaridan namunalar taqdim etib tashrif buyurganlarni eʼtiboriga sazovor bo‘lmoqdalar.

Mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyurgan o‘rta maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan mexmonlar Toshkent farmasevtika institutiga o‘qishga kirish, qaysi fanlardan imtihon topshirish,institutdagi mutaxassisliklar kabi savollar bilan murojaat etib tegishli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar. Shu bilan bir qatorda ko‘rgazmaga kelganlar yurtimizda o‘stiriladigan dorivor o‘simliklar, o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va ularni chet elnikidan farqi hamda yana ko‘plab dori vositalari haqidagi savollariga kerakli javoblarni olishdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech