Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika texnik universitetida qabul davom etmoqda

Farmatsevtika texnik universiteti Buyuk Britaniyaning Sanderland va De Montfort universitetlari bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Britaniya oliy ta'lim dasturlarini taqdim etmoqda:

  • farmatsiya;
  • biokimyo;
  • biotibbiyot fanlari.

Darslar toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Universitet bitiruvchilari xalqaro tan olingan Britaniya universitetlari diplomlarini qoʻlga kiritadilar.

Universitetining afzalliklari:

  • MDHda ilk bor farmatsevtika yoʼnalishida xalqaro tan olinadigan Britaniya diplomi;
  • xorijiy talabalar bilan birga istiqbolli taʼlim;
  • magistraturani Britaniyada davom ettirish imkoniyati;
  • MDHda eng yirik farma klaster – "Tashkent Pharma Park"da amaliyot;
  • oʼqish tamomlangach,100% ish bilan taminlash;
  • ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot bilan integratsiya;
  • 40 ta grant oʼrni.

Universitetga hujjat topshirish talablari:

— 5.5 ballga teng boʻlgan IELTS sertifikati yoki shunga muqobil boʻlgan xalqaro sertifikat;

— tugallangan oʻrta ta'lim shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomi.

Dasturlar haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola (https://www.pharmatechuni.uz/study) yordamida olish mumkin. 

Aloqa uchun telefon:

+998999508080

+998958338181

Website: pharmatechuni.uz

Telegram bot: @ptuuz_bot

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech