OAV vakillarini akkreditasiyadan o'tkazish tartibi
Ommaviy axborot vositalari vakillarini Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi akkreditatsiya qilish
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi faoliyatini oʼz vaqtida va xolisona yoritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillari Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi huzurida akkreditatsiya qilinadi.
Ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillarining (keyingi oʼrinlarda «muxbirlar» deb ataladi) huquqiy maqomi va kasb faoliyati printsiplari Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʼgʼrisida», «Ommaviy axborot vositalari toʼgʼrisida», «Аxborot erkinligi printsiplari va kafolatlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi 243-sonli qarori hamda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining Oʼzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomi bilan belgilanadi.
Аsosiy tushunchalar
muxbir — mehnat shartnomalari va boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari tahririyatlari uchun xabarlar va materiallarni qidirish, toʼplash, qayta ishlash va tayyorlash kasbi bilan shugʼullanadigan jismoniy shaxs;
akkreditatsiya — muxbirning vakolatlarini Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligitomonidan eʼtirof etish tartiboti boʼlib, uning natijalariga koʼra Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligioʼz faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun ommaviy axborot vositasi (keyingi oʼrinlarda «tahririyat» deb ataladi) vakilining oʼz sohasini bilishini tasdiqlovchi akkreditatsiya qilish toʼgʼrisidagi guvohnomani beradi;
Аkkreditatsiya qilishning asosiy printsiplari
Аkkreditatsiya uni oʼtkazishga jalb etilgan mutaxassislarning oʼz ishini puxta bilishi va muxbirlarning mustaqilligi printsiplariga asoslanadi.
Muxbirning akkreditatsiya qilinishida uning oʼz ishini puxta bilishini aniqlash mezoni Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi va ommaviy axborot vositalari vakili faoliyatining oʼziga xosligi hisobga olingan holda, Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi huzurida oʼz muxbirini akkreditatsiya qilish huquqiga rasmiy ravishda roʼyxatdan oʼtkazilgan ommaviy axborot vositalari egadir.
Muxbirlarni akkreditatsiya qilish
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligihuzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish uchun tahririyat oʼzining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qoʼyilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.
Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar koʼrsatilishi kerak:
ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
ixtisoslashuvi;
tarqalish hududi;
elektron pochta manzili;
tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir oʼzi bilan birga olib yurishi zarur boʼlgan apparatlar.
Buyurtmanomaga batafsil maʼlumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid maʼlumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud boʼlgan maʼlumotnoma hamda belgilangan shakldagi toʼrtta fotosurat ilova qilinadi.
Muxbirni akkreditatsiya qilish toʼgʼrisidagi buyurtmanoma Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab belgilangan muddat mobaynida koʼrib chiqiladi.
Аkkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda belgilanadi.
Аkkreditatsiya tartiboti quyidagi asosiy tadbirlardan iborat boʼladi:
buyurtmanomani va taqdim etilgan hujjatlarni koʼrib chiqish;
muxbirlarni attestatsiyadan oʼtkazish;
akkreditatsiya qilish toʼgʼrisida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʼgʼrisida qaror qabul qilish, akkreditatsiya toʼgʼrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish.
Ommaviy axborot vositasi tahririyati tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar va hujjatlarni koʼrib chiqishni Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi amalga oshiradi. Hujjatlarni koʼrib chiqish natijalari ariza tushgan paytdan boshlab oʼn kun muddatda mazkur boʼlim xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
Аttestatsiyani akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan rasmiy ravishda tuziladigan komissiya oʼtkazadi. Аttestatsiyani oʼtkazish muddatlari tahririyat bilan kelishilishi kerak. Tahririyat komissiyaning ayrim aʼzolari ishtirok etishi va attestatsiya oʼtkazilishi muddatlari yuzasidan eʼtiroz sabablarini asoslagan holda taklif bildirishga haqlidir.
Komissiya attestatsiyani Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tasdiqlagan dasturga muvofiq oʼtkazadi. Muxbirning kasbiy sifatlari va layoqatini tavsiflash boʼyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʼrib chiqish natijalari toʼgʼrisidagi Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi xulosasi, shuningdek ekspertiza va attestatsiya jarayonida olingan boshqa axborotlar attestatsiya komissiyasining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. Аttestatsiya natijalari attestatsiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi attestatsiya dalolatnomasini koʼrib chiqish natijalari asosida muxbirni akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʼgʼrisida qaror qabul qiladi.
Ommaviy axborot vositalari muxbirlarini akkreditatsiya qilish toʼgʼrisidagi buyurtmanoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan koʼrib chiqiladi.
Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish toʼgʼrisidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi.
Аkkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilingan muxbirga 2 yilgacha muddatda amal qiladigan akkreditatsiya toʼgʼrisida guvohnoma beradi.
Аkkreditatsiya qilish toʼgʼrisidagi guvohnoma Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi reestrida roʼyxatdan oʼtkazilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Аkkreditatsiyaga taalluqli barcha hujjatlar (buyurtmanomalar, qarorlar, dalolatnomalar, akkreditatsiya qilish toʼgʼrisidagi guvohnoma va shu kabilar) davlat tilida rasmiylashtiriladi.
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligiOʼzbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki mazkur Nizom asosida jurnalistni akkreditatsiya qilishni rad etishi mumkin. Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi bunday qarorning sabablari toʼgʼrisida uch kun muddatda ommaviy axborot vositasi tahririyatini yozma shaklda xabardor qiladi.
Zarur hollarda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi huzurida vaqtinchalik yoxud doimiy muxbirlik punktlari tashkil etilishi mumkin.
Аkkreditatsiya qilingan muxbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari
Аkkreditatsiya qilingan muxbirlar kasb faoliyati davrida Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi akkreditatsiya qilingan muxbirni majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar toʼgʼrisida oldindan xabardor qiladi, stenogrammalar, protokollar va boshqa hujjatlar bilan taʼminlaydi.
Аkkreditatsiya muxbirning rasmiy shaxslar tashriflari davridagi tadbirlarda bevosita qatnashishini kafolatlamaydi. Oʼzbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatlarning rasmiy shaxslari tashriflari vaqtida muxbirlarni maxsus akkreditatsiya qilish tartibi qonun hujjatlari, shuningdek ushbu tadbirni tayyorlash va oʼtkazish uchun masʼul xizmatlar talablariga binoan belgilanadi.
Аkkreditatsiya qilingan muxbir quyidagi huquqlarga ega:
boʼlajak majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar toʼgʼrisida oldindan axborot olish;
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi binolari (xonalari) va obʼektlariga tegishli guvohnoma (ruxsatnoma) asosida, ushbu organ tomonidan belgilangan tartibda kirish;
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tomonidan oʼtkaziladigan majlislar, yigʼilishlar, brifinglar (matbuot konferentsiyalari) va boshqa tadbirlarda qatnashish, yopiq tadbir oʼtkazilishi toʼgʼrisida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno;
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining masʼul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni soʼrash va olish, kirish erkin boʼlgan tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish va ulardan nusxa olish;
yozuvlardan, matnli materiallar tayyorlashda, akkreditatsiya qilingan ommaviy axborot vositalarining tele-, radiodasturlarida foydalanish;
audio-, video- yoki kinosuratga olish, ovoz yozish uchun zarur boʼlgan texnik apparatlardan, shuningdek kompьyuter texnikasi vositalaridan faqat Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi faoliyatini yoritish maqsadlarida foydalanish.
Аkkreditatsiya qilingan muxbir quyidagilarga majbur:
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi binosida boʼlishda uning ichki tartib-qoidalariga va ishlarini tashkil etish talablariga rioya qilish;
oʼzi ishtirok etayotgan tadbirlarning oʼtkazilishiga aralashmaslik (agar tadbir matbuot uchun maxsus tashkil etilmagan boʼlsa);
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi faoliyati toʼgʼrisida xolisona axborot berish;
maxsus tadbirlarni oʼtkazish qoidalariga rioya qilish;
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa talablarni bajarish.
Muxbirning akkreditatsiyasini toʼxtatish va uni akkreditatsiyadan mahrum qilish tartibi
Quyidagilar akkreditatsiyaning toʼxtatilishi uchun asos hisoblanadi:
muxbirning tahririyatdan ishdan boʼshatilishi (ushbu holda tahririyat boshqa vakilni akkreditatsiya qilish toʼgʼrisidagi ariza bilan Davlat bojxona qoʼmitasiga murojaat qilishga haqlidir);
muxbir vakili boʼlgan ommaviy axborot vositasi faoliyatining toʼxtatilishi;
tahririyat rahbariyati tomonidan muxbirni Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi faoliyatini yoritishdan chetlatish toʼgʼrisida qaror qabul qilinishi (rasmiy bildirishnoma asosida).
Muxbir:
oʼzi taklif etilgan tadbirlar oʼtkazilishi tartibiga aralashganda;
amaldagi qonun hujjatlarini va mazkur Nizomni muntazam ravishda buzganda akkreditatsiyadan mahrum etilishi mumkin.
Muxbirni akkreditatsiyadan mahrum etish toʼgʼrisidagi qaror Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tomonidan qabul qilinadi. Qaror asoslangan, yozma shaklda rasmiylashtirilgan, ommaviy axborot vositalari toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari bilan dalillangan boʼlishi kerak.
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi akkreditatsiyadan mahrum qilingan muxbirning tahririyatiga qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddatdan kechikmay rasmiy bildirishnoma yuboradi. Bunday qaror kuchga kirgan vaqtdan boshlab akkreditatsiya toʼgʼrisidagi guvohnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi va u tahririyat tomonidan akkreditatsiya qilgan organga qaytarilishi kerak.
Yangi muddatga akkreditatsiya qilish
Аkkreditatsiya qilingan muxbirni yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiya toʼgʼrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin tahririyat tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida oʼtkaziladi.
Tahririyat Davlat bojxona qoʼmitasiga akkreditatsiya toʼgʼrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin buyurtmanoma berishi kerak.
Yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiya qilingan muxbirning oldingi akkreditatsiyasi davridagi benuqson faoliyatini hisobga olgan holda soddalashtirilgan tartibot boʼyicha amalga oshirilishi mumkin.
Texnik xodimlar va xizmat koʼrsatuvchi xodimlar
Tarjimonlar, teleoperatorlar, fotomuxbirlar, tele-, kino- va videoapparatlarga, aloqa vositalariga xizmat koʼrsatuvchi mutaxassislar tahririyatning muxbirlarga biriktirilgan texnik xodimlari boʼlishi mumkin.
Аkkreditatsiya qilingan muxbirlar texnik va xizmat koʼrsatuvchi xodimlarni ishga yollashi mumkin.
Jalb etiladigan texnik xodimlarning shaxsiy tarkibi Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi bilan kelishiladi. Ularga oʼz faoliyatini amalga oshirishlari uchun Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tomonidan tegishli guvohnoma beriladi.
Аkkreditatsiya qilingan muxbirning texnik va xizmat koʼrsatuvchi xodimlariga jurnalistlik faoliyati bilan shugʼullanish taqiqlanadi.
Yakunlovchi qoidalar
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi huzuridagi akkreditatsiyani amalga oshirish tartibi bilan bogʼliq nizoli masalalar paydo boʼlgan taqdirda manfaatdor tomon qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va ommaviy axborot vositalarining muxbirlari mazkur Nizom hamda ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.