"Ibn sino merosi" tanlovi
“Ibn Sino merosi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Nizom
- Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom har yili bo‘lib o‘tadigan Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qo‘llashni targ‘ib qilish bo‘yicha “Ibn Sino merosi” tanlovini (keyingi o‘rinlarda – tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini, tanlovning asosiy shartlarini belgilaydi.
- Tanlov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
- Tanlovning asosiy maqsadi – Dorivor o‘simliklarning foydali xususiyatlarini, dorivor o‘simliklar va ulardan ishlab chiqilgan mahsulotlarning tibbiy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.
- Tanlov yakunlarini belgilash va g‘oliblarni aniqlash “Ibn Sino merosi” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati komissiya ishchi organi hisoblanadi.
- Matbuot xizmati tanlov to‘g‘risidagi e’lon va uning shartlarini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi veb-saytida va boshqa manbalarda joylashtiradi.
- Tanlov nominatsiyalari
- Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Eng yaxshi teleko‘rsatuv (Dorivor o‘simliklar mavzusida)
Eng yaxshi rolik (Dorivor o‘simliklar mavzusida)
Eng yaxshi maqola (Dorivor o‘simliklar mavzusida)
Videomahsulotlar dolzarblik, haqqoniylik, xolislik, ta’sirchanlik, tushunarlilik va kreativlik mezonlari asosida maxsus komissiya tomonidan baholanadi.- Videomahsulotlarda quyidagilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Internet telekommunikatsiya tarmog‘idan olingan grafika, video va fotosuratli materiallar;
Zo‘ravonlik, buzg‘unchilik sahnalari, shuningdek odamlar va hayvonlarning jismoniy azoblanishini aks ettiruvchi sahnalari bo‘lgan lavhalar;
qo‘rqinchli, stressli hissiyotlar va hayajonlarni ko‘rsatuvchi matnlar, sahnalar, ovozli effektlari.
- Videoroliklar va ularning qismiga nisbatan mualliflik huquqi va turdosh huquqlari himoya qilingan va/yoki himoya qilish bo‘yicha uchinchi shaxslarning da’volari bo‘lmagan, shuningdek, videoroliklarda foydalanilgan axborotlarning ishonchliligi bilan birga, sha’n, qadr-qimmat va ishbilarmonlik obro‘si himoya qilinganligi bo‘yicha da’volar mavjud emasligi kafolatlangan bo‘lishi kerak.
- Videoroliklar, maqolalar tanlangan nominatsiya bo‘yicha o‘zbek tilida taqdim etiladi.
- Tanlovda bir yoki bir nechta (ijodiy guruh) muallif ishtirok etishi mumkin.
- Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar soni 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
- Tanlovga mobil qurilmalar (planshet, telefon va hokazo) orqali tayyorlangan videoroliklar ham taqdim etilishi mumkin.
- Tanlovni o‘tkazish
- Tanlovda qatnashish uchun materiallar tanlangan nominatsiyalar bo‘yicha qabul qilinadi.
- Materiallar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati tomonidan joriy yil 1 dekabrga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilib olinadi.
Materiallar https://t.me/dorivortanlov_bot telegram-botiga ham yuborilishi mumkin.
Shuningdek, disk va boshqa axborot tashuvchi moslamalarga yozilgan videoroliklar – Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1A uy) manzilida qabul qilib olinadi.
- Tanlovga taqdim etilgan materiallarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
muallif (F.I.Sh.) va uning faoliyati to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot;
muallifning pasporti/ID karta seriyasi va raqami;
muallifning manzili va telefon raqami.
- Tanlovga qabul qilingan materiallar va hujjatlar muallifga qaytarilmaydi.
- Tanlovga taqdim etilgan materiallar 2023-yilda elektron OAVda, bosma nashrlarda, teleradiokanallarda yoki shaxsiy blogda e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
- Komissiya tanlovga taqdim etilgan videomahsulotlarni
15-dekabrga qadar ko‘rib chiqadi va baholash mezonlari asosida har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rinlarga sazovor g‘oliblar va sovrindorlarni aniqlaydi. - Baholash quyidagi mezonlarga asosan amalga oshiriladi:
Tanlovga qo‘yilgan ishi (tugallangan ish) – 20 ball;
yuborilgan material mavzusiga xosligi – 20 ball;
mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball;
mavzuni yoritishda zamonaviy va innovatsion g‘oyalarni qo‘llanilganlik darajasi – 20 ball;
mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi – 20 ball.
- Baholash mezonlari bo‘yicha umumiy ballar qo‘shib hisoblanganda eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topiladi.
- Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar 1-,2-, 3- o‘rin uchun qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
Bundan tashqari, g‘olib va sovrindorlarga maxsus diplom
va guldastalar topshiriladi.
- Tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi joriy yilning dekabr oyi so‘nggi haftasida tantanali ravishda o‘tkaziladi.
- Moliyaviy ta’minot
- Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda tanlovda g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga mukofotlarni berish Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
“Ibn Sino merosi” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi
Z. Tuxtaev |
|
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari, Komissiya raisi |
A. Do‘smatov |
- |
“Zarur amaliyotlar markazi” DUK direktori, Farmatsevtika fanlari doktori, professor, Komissiya a’zosi |
|
- |
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) ma’sul xodimi (kelishuv bo‘yicha), Komissiya a’zosi |
Lavozimi bo‘yicha |
- |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ma’sul xodimi (kelishuv bo‘yicha), Komissiya a’zosi |
Lavozimi bo‘yicha |
- |
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ma’sul xodimi (kelishuv bo‘yicha), Komissiya a’zosi |
S. Xolmatov |
- |
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bo‘lim boshlig‘i, Komissiya a’zosi |
N. Farmanova |
- |
Toshkent Farmatsevtika Instituti farmakognoziya kafedra mudiri, Komissiya a’zosi |
U. Xadjieva |
- |
O‘zbekiston Kimyo-Farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, laboratoriya mudiri, Komissiya a’zosi |
Sh. Xamraeva |
- |
Jurnalist, Komissiya a’zosi |
N. Toshpo‘latova |
- |
Jurnalist, Komissiya a’zosi |
S. Tulyaganova |
- |
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi matbuot kotibi, Komissiya raisi kotibi |