Elektron kutubxona
Elektron kutubxonaning asosiy vazifalari:
➖ kitobxonlarga taqdim etish qiyin bo‘lgan yoki cheklangan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni taʼminlash;
➖ faqat elektron shaklda mavjud bo‘lgan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni taʼminlash;
➖ katta hajmli axborot bilan ishlashda foydalanuvchilarga shart-sharoitlar yaratish;
➖ xizmat ko‘rsatishning sifati va tezkorligini oshirish, foydalanuvchilarga elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish;
➖ kutubxona texnologiyalarini modernizatsiya qilish;
➖ elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini jahon axborot makoniga integratsiyalash;
➖ elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlash.
Elektron kutubxonaning asosiy funksiyalari:
➖ maʼlumotlar bazasini yaratish uchun maʼlumotlarni to‘plash va qayta ishlash;
➖ to‘liq matnli hujjatlarni ko‘chirishning kengaytirilgan imkoniyatlari bilan birgalikda izlashning kuchli tizimini yaratish;
➖ axborot-kutubxona resursini elektron shaklda raqamlash;
➖ axborot-kutubxona resurslarining elektron shakli holatini axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridagi o‘zgarishlarga moslashtirishni taʼminlash;
➖ boshqa axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari tarmog‘iga ulanishini taʼminlash;
➖ xodimlar va foydalanuvchilarni elektron kutubxonalardan foydalanish qoidalariga o‘qitish.