Yoshlar siyosati
Davlat rahbarining 2017 yil 5 iyulda eʼlon qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab –quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni PF-5106 hamda 2017 yil 18 iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining PQ-3133 ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqining liderlar Kengashi faoliyat boshladi.
Liderlar Kengashi o‘z faoliyati davomida vazirlikdagi yosh xodimlarning davlatimizning yoshlar siyosatini izchil va samarali hayotga joriy etish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab–quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan taklif va mulohazalarini ilgari suradi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashining asosiy vazifalariga: