O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

GxP audit

GxP audit

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-son «2019—2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2019 yil 18 sentyabrdagi 788-sonli “Farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida bugungi kunda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Mahalliy korxonalarda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP), “Zarur farmnazorat amaliyoti” (GVP), shuningdek, zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP), klinik oldi (GLP) va klinik tadqiqotlarni o‘tkazishni (GCP) tartibga solishga qaratilgan amaliyotlarini joriy etish jarayoni bosqichma bosqich olib boriladi.

Farmatsevtika tarmog‘iga Zarur tarzdagi amaliyotlarni joriy etish axolini xavfsiz, sifatli mahsulot bilan taʼminlanishiga olib kelib, respublikada mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan farmatsevtika maxsulotlarini chet el davlatlariga eksport qilishga keng yo‘l ochib beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech