O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarining qo’llanilishi chog’ida nojo’ya reaktsiyalar borasida onlayn xabar

Dori vositalarining qo’llanilishi chog’ida nojo’ya reaktsiyalar borasida onlayn xabar

Dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan holatda kimga va qanday tartibda murojaat qilish kerak?

Hurmatli mutaxassislar!

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 martdagi 13-sonli “Dori vositalarini qo‘llashda aniqlangan nojo‘ya taʼsirlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga binoan, nojo‘ya taʼsir yuzaga kelgan taqdirda, aniqlangan holat to‘g‘risida belgilangan muddatda yozma xabarnoma tayyorlanishi va yuborilishi kerak.

Shifokor bemorda jiddiy nojo‘ya taʼsir (anafilaktik taʼsir, Layell sindromi yoki Stivens-Jonson sindromi shuningdek, odamning o‘limi) holatlari aynan ushbu dorini qo‘llash oqibatida vujudga kelganligi to‘g‘risida xulosa chiqargan holda, bu haqda 1 kun ichida xabarnoma rasmiylashtiriladi.

Boshqa barcha holatlarda, kuzatilgan yoki aniqlangan nojo‘ya taʼsir, shuningdek qo‘llanilgan dorilarning samaradorligi yo‘qligi to‘g‘risida 10 kun ichida xabar berish kerak. 

Nojo‘ya taʼsir aniqlangan taqdirda, xabarnoma kartasini to‘ldirish kerak.

Xabarnoma yuborish uchun siz xabarnoma kartasi shaklini yuklab olishingiz va to‘ldirishingiz kerak (dori vositalarining nojo‘ya taʼsiri, jiddiy nojo‘ya taʼsiri va dorilarning samaradorligi yo‘qligi haqida xabarnoma kartasi shakli).

Word shaklida to‘ldirilgan xabarnoma kartasi shakllari quyidagi elektron manzilga - farmkomitet@minzdrav.uz yoki quyidagi manzilga - 100002, Toshkent sh., Ozod ko‘chasi, K. Umarov tor ko‘chasi, 16-uy jo‘natilishi kerak.

Savollaringiz bo‘lsa, ushbu telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

(71) 242-48-23;  (71) 242-65-76.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech