O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Telegram aloqa bot

Telegram aloqa bot

O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4366-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, jamoatchilik, jumladan ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini va axborot xizmati faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Agentlik direktorining tegishli buyrug‘i bilan telegramda @uzpharmagency_bot aloqa bot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur botga yullangan savollar tegishliligi bo‘yicha 40ga yaqin soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, savol kelib tushgan kundan boshlab 15 kun muddatda javob beriladi va javoblar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtiriladi.

Aloqa bot - @uzpharmagency_bot

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech