O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qaysi dori vositalarini insonni aqldan ozdirishi mumkin?

Dori qutidagi ayrim preparatlar sizni aqldan ozdirishi mumkinligidan xabaringiz bormi?
 
2019 yilda Buyuk Britaniya olimlari tadqiqot o‘tkazishdi. Unga ko‘ra, 55 va undan katta yoshdagi insonlarda demensiya xavfini oshiradigan dorilar sinflari aniqlandi. Tadqiqotda 3 658 582 nafar inson qatnashdi. Hech bo‘lmaganda bir marotaba antidepressant yoki peshob tuta olmaslikka qarshi dori ichganlar 11 yil davomida kuzatuv ostida bo‘lishdi.

Bizning ongimiz nimalarga bog‘liq?

Birinchidan, atsetilxolinga. Atsetilxolin asab impulsining asab tolalari bo‘ylab harakatlanishiga yordam beradi. Usiz impuls o‘tkazilmaydi. Ushbu o‘tkazmalarning yetishmasligi demensiya kasalligiga olib keladi.

Ikkinchidan, tomirlarning holatiga bog‘liq. Antidepressantlar va peshob tuta olmaslikka qarshi dori-darmonlar tomirlarning torayishiga sabab bo‘ladi. Ushbu preparatlar atsetilxolinning pasayishini bostiradi. Normada ular tomirlarni kengaytirish xususiyatiga egadir.

Aniqlanishicha, bir guruh tadqiqot ishtirokchilarida (tinchlantiruvchi va peshob tuta olmaslikka qarshi dori ichuvchi) demensiyaga chalinish xavfi kuchliroq bo‘lgan. Ulardan 60% Alsgeymer kasalligi, 36% tomirlar demensiyasi, yana 3% esa boshqa kognitiv o‘zgarishlarga duch kelishgan.

Kimlar xavf ostida va nima qilish kerak?

65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar xavf guruhi ostidadir. Agar bemorda allaqachon demensiya mavjud bo‘lsa, unda bu kabi dorilar tavsiyasini qayta ko‘rib chiqish kerak, chunki ulardan foydalanish bemorning kognitiv holatini og‘irlashtiradi. Dori-darmonlarni tayinlashda xavf omillarini hisobga olish va preparatlarni ACB (Antixolinergik yuklama o‘lchovi) baliga muvofiq buyurish muhimdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech