O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xitoylik virusolog koronavirusning inson tomonidan yaratilganiga isboti borligini aytdi

Ayni paytda AQSHda istiqomat qilayotgan xitoylik virusolog doktor Li-Meng Yan koronavirusning yovvoyi hayvonlar sotiladigan bozordan kelib chiqqani haqidagi da]volarni rad etdi. Yan COVID-19 Xitoydagi harbiy labaratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalili borligini aytgan. Bu haqda Tarjumon yozmoqda. 

Yan bu haqda 11 sentyabr kuni ITV kanaliga bergan intervyusida maʼlum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabrida koronavirusni tadqiq qilish boshlangan paytda bu kasallik allaqachon odamlar orasida tarqalayotgandi. Li-Meng Yan AQSHga qochib kelmasdan oldin Gongkongdagi aholi sog‘ligini saqlash maktabida ishlagan. Yanga o‘tgan yilning dekabrida koronavirus klasterini aniqlash vazifasi yuklangan.

“Dastlab Xitoy hukumati COVID-19 ning holatini o‘rganayotgan edi. Lekin, bu paytda virus allaqachon odamlar orasida tarqalishni boshlab bo‘lgandi. Virusning kelib chiqishi bilan bog‘lanayotgan Uxandagi yovvoyi hayvonlar sotiladigan bozor va undan keyingi barcha nazariyalar COVID-19 ning asliyati haqidagi haqiqatni berkitish uchun o‘ylab topilgan narsalardir.

Koronavirusning ushbu yangi turining mutatsiyaga uchrash darajasi juda yuqori va u tabiiy tarzda yuzaga kelmagan. Uning manbasi koronaviruslarning bir qancha turlariga ega bo‘lgan Xitoy harbiy institutiga borib taqaladi. Ular virusni o‘zgartirib, yangi koronavirusni keltirib chiqarishdi” deydi Yan.

Yan bu topilmalarini shu yilning boshida o‘zining Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotida ishlovchi nazoratchi ustoziga aytgan. Lekin, u Yanning so‘zlariga eʼtibor qaratmadi. Yanga bu haqda og‘iz ochmaslikni, aks holda, Xitoy hukumatidan jazo olish xavfi borligini aytishgan.

“Aslida, men JSSTda maslahatchi bo‘lib ishlaydigan nazoratchi ustozimga bu haqda xabar qilganman. Ammo, JSSTdan javob kelmadi. Hamma menga jim turishni tayinladi. Bunday qilmasam, men yo‘qolib qolishim mumkinligini aytishdi” deydi Li-Meng Yan.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy kommissiyasi direktori ushbu daʼvolarni rad etdi va Xitoy hukumati koronavirus haqida xabar berish va uni o‘rganish borasida kechiktiruvlarga yo‘l qo‘ymaganini aytdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech