O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston – Koreya biznes hamkorlik forumi

Bugun, “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan 40 ga yaqin kompaniyalar

vakillari O‘zbekistonda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun forum tashkil etildi. Forumda G2B va B2B formatidagi

uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Koreya Respublikasi O‘zbekistondagi elchixonasining

"KOTRA" savdo investitsiyalarini rivojlantirish agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Koreya Respublikasining "Dong-A Pharmaceutical"

va "JeeSung Engineering" kompaniyalari vakillariga O‘zbekiston farmatsevtika bozori haqida ma’lumot berib, investitsiya

kiritishning afzalliklari, hamkorlik qilish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech