O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlik haqida

Agentlik haqida

O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning ishlab chiqarilishi, olib kirilishi va sotilishini muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabridagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 5229-son Farmoniga muvofiq Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tarkibida:

➖ O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti;

➖ Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti;

➖ “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti;

➖ «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi:

➖ “Zarur amaliyotlar markazi” DUK;

➖ Farmatsevtika texnik universiteti faoliyat yuritmoqda.

Agentlik tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshirib kelinmoqda:

➖ farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

➖ farmatsevtika bozori kon’yunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

➖ tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish;

➖ farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno) yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish;

➖ farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

➖ import qilinayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risida to‘liq axborot yig‘ishni ta’minlovchi Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimini joriy qilishda ishtirok etish;

➖ innovatsion va yuqori sifatli dori vositalarini, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, aholining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, farmatsevtika sohasi mutaxassislarini xalqaro ta’lim standartlari asosida va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlashni, farmatsevtika ta’limining xalqaro ilmiy hamjamiyat tizimiga izchil integratsiyalashuvini ta’minlash va respublikada farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri Direksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech