O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

AQSHda koronavirusga qarshi ilk dori ro‘yxatdan o‘tkazildi

AQSH oziq-ovqat va dori-darmon maʼmuriyati remdevisirni mamlakatda koronavirusni davolash mumkin bo‘lgan ilk dori vositasi sifatida maʼqulladi. "Remdevisir asosan kasalxona parvarishiga muhtoj bo‘lgan odamlarga beriladi" -  deya xabar bermoqda Tarjumon.uz sayti

Kaliforniyada joylashgan Gilead kompaniyasi remdevisirni Vekluri deb atagan. AQSH Milliy sog‘liqni saqlash institutlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Vekluri koronavirusga chalingan bemorlarning tuzalish muddatini tezlashtiradi. Uni qabul qilgan bemorlar 15 kun emas, balki, 10 kunda sog‘ayib chiqmoqda.

AQSHda remdevisir dori vositasi favqulodda vaziyat taqozosi bilan bahordan beri ishlatilinib kelinmoqda. Endi ushbu preparat Qo‘shma Shtatlarda koronavirusni davolash uchun rasman tasdiqlangan ilk doriga aylandi.

Gileadning aytishicha, remdevisir yoshi 12 dan, vazni esa 40 kg dan kam bo‘lmagan kasalxonadagi bemorlar uchun tavsiya etiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech