O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Аsadov vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot oʼtkazdi

Uchrashuvda matbuot xizmatlari faoliyati, ularning jurnalist va blogerlar bilan hamkorligi darajasi tahlil qilindi.

Keyingi besh yilda mamlakatimizda butkul yangi - davlat idoralari va tashkilotlarining matbuot kotiblari instituti shakllangan boʼlib, ularga keng vakolat va imkoniyatlar taqdim etilgani alohida qayd etildi. Endilikda ularning faoliyatini yanada takomillashtirish, oʼzlari ishlayotgan tashkilotning ochiqligini taʼminlash va islohotlar natijasini aholiga yetkazishdagi rolini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, ayrim vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari sust ishlayotgani koʼrsatib oʼtildi.
– Аyrim tanqidlar, savollar ochiq qolayapti. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqayotgan tanqidiy materiallarga tezkor munosabat bildirish, aholiga toʼliq axborot berish shart. Bu boʼyicha katta ishlarni amalga oshirishimiz, hamkorlik vertikalini yaratishimiz kerak. Buning uchun Prezident matbuot xizmati doimo ochiq, - dedi Sherzod Аsadov.

Prezident matbuot kotibi bilan davlat idoralari matbuot kotiblari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri aloqani yoʼlga qoʼyish mexanizmi kelishib olindi.

Ochiq muloqotda matbuot kotiblari oʼz fikr va mulohazalarini bildirdi. Sherzod Аsadov ularning savollariga javob berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech