O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Intellektual mulkni himoyalashning huquqiy va tashkiliy asoslari yuzasidan navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikada intellektual mulk sohasini 2026 yilga qadar rivojlantirish yo‘nalishlari va vazifalarini belgilash, shu jumladan sohada davlat boshqaruvini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, intellektual mulkni taʼsirchan huquqiy mexanizm bilan himoya qilish hamda soha bo‘yicha norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Prezidentimizning tegishli qaroridagi vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Davlat bojxona ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurishish departamenti, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘quv-seminarda, intellektual mulk sohasida qonunchilik va unga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati borasida ishtirokchilarga batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, qizg‘in bahs va munozaraga boy bo‘lgan tadbir davomida mutassadilar qatnashchilarning savollariga atroflicha javob berishdi.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi PQ-221-son qaroriga mufoviq, 2022 yil 1 avgustdan boshlab, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish jarayonida Adliya vazirligining «Sanoat mulki muhofazasi portali»dan foydalangan holda intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshiriladi (yoki o‘rganiladi).

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech