O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori mazmun mohiyatini tushintirish yuzasidan dori vositalari ulgurji savdosi bilan shug‘illanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tadbir tashkillashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.10.2022 yildagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-411-sonli qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid cheki soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dori vositalariga ustamalar yuqori qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda Qo‘mitaga xabar yuborilish va ushbu ma’lumot asosida o‘tkazilgan tekshirish yakuniga ko‘ra huquqbuzardan belgilangan tartibda jarima undirish belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘mita huzuridagi “Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “FAIR TECH” yagona axborot tizimida alohida modul ishlab chiqilib, tegishli axborot tizimlariga integratsiya qilindi va ishga tushirildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilning 10-may kuni soat 16.00 da O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining binosida dori vositalari ulgurji savdosi bilan shug‘illanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qaror mazmun mohiyatini tushintirish yuzasidan tadbir tashkillashtirilmoqda

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech