O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston-Turkiya biznes forumida: "O‘zbekiston farmatsevtika potensiali"

2024 yil 5 iyun kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A. Azizov, Anqara shahrida 

bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Turkiya biznes forumida "O‘zbekiston farmatsevtika potensiali" mavzusida taqdimot qildi.

Agentlik direktori o‘z nutqida O‘zbekiston farmatsevtika sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollariga 

alohida to‘xtalib, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni sanab o‘tdi. Shuningdek, 

forum doirasida O‘zbekistonning "Dentafill Plyus" kompaniyasi va Turkiyaning "Berko Ilaç" farmatsevtika shirkati o‘rtasida 

hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu o‘zaro tajriba almashish va birgalikda rivojlanish uchun yangi istiqbolli qadam hisoblanadi. 

Shuningdek, ikki mamlakatning dunyo farmatsevtika bozorida pozitsiyalarini mustahkamlashga yordam beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech