O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tuzilma

Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

➖ Mahalliy dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaruvchilariga, yetakchi xorijiy farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikni tashkil etishda ko‘maklashish;

➖ Farmatsevtika sanoati uchun barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, shu jumladan davlat-xususiy sektor hamkorligini joriy qilish yo‘li bilan;

➖ Jahon farmatsevtika bozorining konyunkturasini o‘rganish, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika tashqi bozorida yuqori sifatli va raqobatbardosh yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish;

➖ Farmatsevtika sanoatida korxonalarni jihozlash va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, xorijiy va xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga ko‘maklashish;

➖ Farmatsevtika sohasiga xalqaro standartlarni joriy etishda ishtirok etish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech