O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Yallig‘lanishga qarshi dorilar haqida bilishimiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

Yallig‘lanishga qarshi dorilar – yallig‘lanish jarayonini susaytirishda qo‘llaniladigan dorilar; ular sirtga, og‘iz orqali, rektal va inyeksion qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, deyarli barcha dori shakllari holida ishlab chiqariladi.

Yallig‘lanishga qarshi dorilarni qo‘llash yallig‘lanish jarayoni qaysi aʼzoda kuzatilayotganligi, uning patogenezi va boshqalarga bog‘liq.

Farmakologik faol birikmalarning turli guruhlariga mansub ko‘pgina dori vositalari yallig‘lanishi qarshi taʼsirga ega, ular yallig‘lanishning sabablari, tabiati va tasnfidan qati nazar unga qarshi taʼsir ko‘rsatadi.

Infeksiya sababli yallig‘lanishda antibiotiklar va boshqalar kimyoterapevtik vositalar qo‘llaniladi, ular mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susaytiradi va mikroflora muhitidagi yallig‘lanish jarayoniga nisbatan taʼsir qiladi. Alohida kimyoterapevtik vositalar (masalan, sulfanilamidlar, tetratsiklinlar va boshqalar) ham yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf etadi, lekin ularning samarasi kam.

Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra yallig‘lanishga qarshi dorilar steroid va nosteroid guruhlarga bo‘linadi.

Buyrak usti bezlari po‘stlog‘i gormonlari va ularning sintetik o‘rindoshlari – glyukkortikoidlarning amaliy ahamiyati katta bo‘lishiga qaramay, ulardan foydalanganda baʼzi noxush holatlar ro‘y beradi. Shu bois ularni o‘z bilgicha qabul qilish yaramaydi.

Yallig‘lanishga qarshi steroid vositalarga rezorbtiv (gidrokortizon, prednizolon, deksametazon va boshqalar) va taʼsir qiluvchi (flyuotsinolon atsetonid, flyumetazon pivapat, betametazon va boshqalar) glyukokortikoidlar kirib ularning taʼsiri immunodepressiv taʼsir bilan birgalikda namoyon bo‘ladi; nosteroid vositalarga karbon kislotalarning baʼzi hosilalri (pirazolon, oksikamlar) kiradi.

Bir qator ogriq qoldiruvchi dorilar ham yallig‘lanishga qarshi dorilar sifatida ishlatiladi. Bular yallig‘lanishga qarshi taʼsiri jihatidan glyukokortikoilardan kuchsizroq, qo‘shimcha kasalliklarni ham nisbatan kam keltirib chiqaradi. Shu tufayli og‘riq qoldiruvchi dorilar bo‘g‘imlar, mushaklar va ichki aʼzolar yallig‘lanishida keng qo‘llaniladi. Ular analgetik va isitma tushiruvchi taʼsirga ega. Ko‘pgina dorivor o‘simliklar (masalan, bo‘yimodaron, mavraklar) baʼzi teri va shilliq qavatlar kasalliklarida yallig‘lanishga qarshi yaxshi naf beradi. Meʼda-ichak yo‘llari yallig‘langanda (ayniqsa, bolalarda) shilimshiq holidagi dori buyuriladi. U bevosita yallig‘lanishga qarshi taʼsir etmay, faqat shilliq pardani o‘rab oladi va uni har xil taʼsirlardan saqlaydi.

Burishtiruvchi dorilar ham yallig‘lanishga qarshi kuchsizroq taʼsir etadi, ular, asosan, teri va shilliq pardalar yallig‘langanda ishlatiladi. Burishtiruvchi dorilar to‘qimaning oqsil moddalari bilan birgalikda himoya qatlami hosil qilib, shilliq pardalarni va shikastlangan sirtlarni turli taʼsirotladan saqlaydi va yallig‘lanish jarayonining avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Aseptik yallig‘lanishda (ayniqsa, allergik yoki autoallergik to‘qimalar shikastlanganda) yallig‘lanishga qarshi steroid vositalarning immunodepressiv taʼsiri alohida ahamiyatga ega.

Immunodepressantlar, asosan, immunitet hujayra omiliga susaytiruvchi taʼsir ko‘rsatib, sitostatik taʼsir hisobiga yallig‘lanishning proliferativ bosqichini bartaraf etadi.

Yallig‘lanishga qarshi dorilar kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lgan yallig‘lanish kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Ulardan, ko‘pincha, rematizmga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Yallig‘lanishga qarshi steroid vositalar miokarditlar, o‘tkir va surunkali (nefritlar, gepatitlar va boshqalar) ichki aʼzolarning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Glyukokortikoidlar dermatologiya (masalan, ekzema, dermatitlar, neyrodermitlar)da mahalliy qo‘llash uchun, oftalmologiya (keratit, konyunktivit, irit, bleforit va boshqalar), otorinolaringologiya (vazomotor va allergik rinitlar, tashqi eshitish yo‘llari yallig‘lanishi) amaliyotida qo‘llaniladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech