O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasi yodga olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2 sentyabr sanasi Birinchi Prezident Xotirasi kuni sifatida nishonlanadi. Mamlakatimiz tarixini, Islom Karimov xizmatlarini eʼzozlash xalqimizga, yoshlarimizga maʼnaviyat yetkazadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan nutqida Birinchi Prezidentimiz boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzumizni amalda taʼminlagan olamshumul voqea ekanini taʼkidladi. Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida Qurʼon tilovat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi. Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech