O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi davomida farmatsevtikaga ixtisoslashgan yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushdi

Tibbiy korsetlar va bandajlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxona “Super Medical Elements” MCHJ tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu loyihani amalga oshirish davomida 1,6 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi hamda 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Ishlab chiqarish maydoni 1,4 ming metr kvadratga teng bo‘lgan ushbu korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 400 ming dona (qiymati 50 milliard so‘mlik) mahsulotni tashkil etadi.

Taʼkidlash joiz, yangi korxona tomonidan 2023 yilda Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston davlatlariga 1 million AQSH dollarilik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.

Maʼlumot uchun, bemorlar salomatligini qisqa muddatda asoratsiz tiklash imkonini beruvchi, sifati xalqaro standartlarga javob beradigan, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022 yilda 40 turdagi tibbiyot bandajlari va korsetlar ishlab chiqarish texnologiyasi Turkiyadan olib kelinib, turkiyalik ekspertlar nazoratida korxonaga o‘rnatildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech