O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

13-Yevroosiyo farmatsevtika forumi doirasida O‘zbekiston haqida kengaytirilgan fokus-sessiya o‘tkazildi

Joriy yilning 1 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 13-Yevroosiyo farmatsevtika forumiga start berilgani haqida maʼlum qilgandik.

Kecha mazkur forumda O‘zbekiston haqida kengaytirilgan fokus-sessiya o‘tkazildi. Mazkur fokus-sessiyani “O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ining 2022-2026 yillardagi rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi maʼruzasi bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Alisher Temirov ochib berdi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasidagi Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining vakolatxonalari assotsiatsiyasi boshqaruvi kengashi aʼzosi Aziz Qosimxo‘jayev “2021 yil yakunlari va 2022 yil prognozlari” mavzusida chiqish qilgan bo‘lsa, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK Narkotiklarni nazorat qilish qӯmitasi raisi Ismatjon Azizovning “Dori vositalari va tibbiy buyumlarning O‘zbekistonda milliy talablarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilishi” mavzusidagi dokladi yig‘ilganlarda qiziqish uyg‘otdi.

Yana fokus-sessiyada agentlik direktorining maslahatchisi Muhabbat Ibragimovaning “O‘zbekiston farmatsevtika bozorining tijorat istiqbollari. Narxlarni tartibga solish va referent narxlar”, O‘zbekiston Respublikasi farmakopeyasi bosh muharriri Xabibulla Jalilovning “O‘zbekiston Rekspublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilishning dolzarb masalalari”, agentlikning Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Gulnoza Zufarovaning “O‘zbekistonda farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash va nazorat  qilish”, Zarur amaliyotlar markazi” DUK direktori Aziz Dusmatovning “O‘zbekistonda zarur amaliyotlar talablarini joriy etish” mavzuidagi maʼruzalari ham tinglandi. 

Maʼlumot o‘rnida aytish joizki, Adam Smit instituti tomonidan oflayn formatda o‘tkazilayotgan bu yilgi forumda ishtirokchilarga onlayn ulanish imkoniyati ham taqdim etilmoqda.

Shu yo‘l bilan Yevroosiyo farmatsevtika forumi ilk bor oflayn tarzda 100 ga yaqin, interaktiv onlayn-platforma orqali masofadan turib 300 ga yaqin ishtirokchilarni qabul qilmoqda. Bu esa tadbir ko‘lami har qachongidan ham keng bo‘lishini taʼminladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech