O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

135 million so‘mlik tropikamidning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda  kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinaning yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 150 million so‘mlik, jami 900 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech