O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

2022 yil davomida 3523 dona tibbiy o‘lchash vositalari qiyoslash va sinash tekshiruvlaridan o‘tkazildi

"Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi"ning Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan 2022 yil davomida qiyoslash sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Jumladan yakunlanayotgan 2022 yil davomida laboratoriya mutaxassislari tomonidan yurtimizdagi 301 ta tibbiyot muassasalarida umumiy 3523 dona tibbiy o‘lchash vositalari qiyoslash va sinash tekshiruvlaridan o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida ulardan 3192 tasi sifatli va meʼyoriy hujjatlar talabiga javob berishi, 331 tasi esa sifatsiz va meʼyoriy hujjatlar talabiga javob bermasligi hamda yaroqsizligi aniqlandi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, sifatsizligi va yaroqsizligi aniqlangan tibbiy o‘lchash vositalari (to‘liq ro‘yxat) qayta taʼmirlash yoki hisobdan chiqarib qayta ishlatilmasligi to‘g‘risida davolash profilaktika muassasalarining maʼsul xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tibbiyot muassalari rahbarlari, tibbiy o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish xizmatlari bo‘yicha quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin:

Qiyoslash laboratoriyasi mudiri Abdullayev Nodir Mir-Azimovich tel: 71-203-01-01 (2240) yoki 90-927-59-17
Maʼsul xodim: Kamilov Olimjon tel: 71-203-01-01 (2240) yoki 97-001-44-77

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech