O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

2022 yilning 1 sentyabridan boshlab xalq tabobatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ibn Sino ilmining bilimdonlari” tanlovi o‘tkaziladi

"Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qaroriga (PQ–251-son, 20.05.2022 y.) muvofiq:

✅ Davlat tibbiyot muassasalarida, jumladan har bir poliklinikada, dorivor o‘simliklar vositasida davolashga mo‘ljallangan xalq tabobati xonalari va fitobarlar tashkil qilinadi;
✅ Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasi qoshida Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining 40 o‘rinli davolash bo‘limi va hududlarda filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
✅ Shuningdek, 2022 yil 1 iyundan boshlab samarasi isbotlangan dorivor o‘simliklarni bosqichma-bosqich tibbiy yordam ko‘rsatish standartlari va protokollariga kiritiladi.

Bunda, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi yaratilgan hamda ishlab chiqarishga joriy etilgan dori vositalarining tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanilishini taʼminlash maqsadida klinik protokollar, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlari har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech