O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Vengriyada ikki mamlakat o'rtasida sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston — Vengriya biznes forumi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto hamda O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Forumda iqtisodiyotning turli ustuvor tarmoqlarida qo'shma korxonalar tashkil etish, o'zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish masalalari bilan birga, farmasevtika, tibbiy ta'lim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish kabi tibbiyotning qator yo'nalishlari bo'yicha hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri boshchiligidagi delegatsiyada Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi vakillari ishtirokida hamkorlik masalalari yuzasidan bir qancha muzokaralar olib borildi.
Jumladan, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi doirasida "Gedeon Richter" va "Meditop Pharmaceutical" kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. "Gedeon Rixter" bilan shartnoma asosida qattiq shaklda dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi hamda "Meditop Pharmaceuticals" kompaniyasi bilan hamkorlikda innovatsion dori vositalarini shartnoma asosida ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali farmatsevtika korxonasini barpo etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. O'zbekiston hukumati delegasiyasi Markaziy va SHarqiy Yevropadagi yetakchi farmkompaniyalaridan biri hisoblanuvchi "EGIS" kompaniyasi vakillari bilan ham uchrashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech