O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtlar diqqatiga!

Yurtimizda aholi salomatligini asrash va tiklash borasidagi ishlar ko‘lami kengaymoqda. Xususan, aholiga sifatli farmasevtik mahsulotlarni yetkazish va bu yo‘nalishda yetuk kadrlarni shakllantirishga bugunning muhim masalasi sifatida qaralmoqda.

Dori vositalarini ishlab chiqarish, sifatini nazorat qilish, ularni chakana yoki ulgurji sotish bilan shug‘ullanish sohasida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli farmasevtlar diqqatiga!

Davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgan GxP halqaro sifat talablarini amaliyotga joriy qilishni jadallashtirish va bu orqali aholini xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Zarur amaliyotlar markazi GDP (distribyutor) va GPP (dorixona) xalqaro sifat talablari bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslariga taklif qiladi.

O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan jami 100 ga yaqin tinglovchilar nazariy va amaliy imtihondan o‘tgandan so‘ng, bosqichma-bosqich Zarur amaliyotlar markaziga inspektor sifatida ishga qabul qilinadi. Xujjatlar uzpharm-gxp.uz rasmiy saytida joriy yilning 31 dekabriga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon:
+ 998 71203-30-32 (ichki raqamlar 159 va 151).
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.

Jamiyat tayanchi ilmga asoslanishi ayni haqiqat. Zero, har bir sohada malakali kadrlarni shakllantirish zamon talabi ekanini unutmaymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech