O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida "KIHE - 2022" xalqaro ko‘rgazmasi o‘zi ishini boshladi

Qozog‘istoning Olmaota shahridagi “Atakent” ko‘rgazma markazida "27-Qozog‘iston xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasi – KIHE 2022"ning birinchi ish kuni boshlandi.

Ushbu tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Mazkur delegatsiya tarkibidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan 15 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchi farmkompaniyalar vakillari hamda Agentlik mutaxassilari o‘rin egallagan.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz 3 kun davomida "Made in Uzbekistan" brendi ostida o‘z mahsulotlarini namoyish qilishadi.

Aytish joiz, Mamalakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2021 yil davomida Qozog‘iston Respublikasiga 7,6 mln. dollarlik dori vositalari va tibbiy buyumlar eksport qilingan.

Bugun o‘z ishini boshlagan ko‘rgazmada O‘zbekistondan tashqari Belarus, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Xitoy, Polsha, Rossiya va Chexiyadan tashrif buyurgan 170 dan ortiq kompaniya vakillari o‘z ko‘rgazma mahsulotlari bilan ishtirok etishadi.

Shuningdek ko‘rgazma doirasida tibbiyot sohasi vakillari uchun konferensiyalar, seminarlar va mahorat darslari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech