O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston Xitoy hamkorlik

O‘zbekiston Xitoy hamkorlik

O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasida turli jabhalardagi, xususan farmasevtika sohasidagi hamkorlik rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda.
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov boshchiligidagi ekspertlar Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi..
18 yanvar kuni boshlangan xizmat safari Pekinda Xitoyning qator yirik farmkompaniyalari uchrashuvlari bilan boshlandi.

Dastavval China Chamber of Commerce for Import and Export of Medicine and Health Products yetakchi savdo uyushmasi vakillari bilan uchrashildi. Mazkur nufuzli milliy savdo uyushmasining faoliyati farmasevtika sohasida xalqaro savdo va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muzokaraning asosiy mavzusiga aylandi.

So‘ngra 140 dan ortiq turdagi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi Youcare Pharmaceutical kompaniyasi vakillari bilan uchrashildi. O‘z ilmiy-tadqiqot markazlariga ega bo‘lgan mazkur kompaniya vakillariga O‘zbekistonning farmasevtika borasidagi investision jozibadorligi haqida taqdimot qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida jarrohlik amaliyoti uchun stollar, diagnostika monitorlari, sun’iy nafas va narkoz apparatlarini ishlab chiqaruvchi AEONMED kompaniyasi hamda tibbiy buyum va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan LEPU Medical kompaniyalari vakillari bilan hamkorlikning istiqbollari borasida muzokaralar olib borildi.

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida, hususan aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy kompaniyalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar chet el investorlari e’tiborini tortayotgani sir emas.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov boshchiligidagi ekspertlarning Xitoy davlatiga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida uchrashuvlarning ikkinchi manzili Suchjou shahri bo‘ldi.

Suchjouda Agentlik vakillari biofarmasevtika va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida ish yurituvchi Tianma Pharma Group, tibbiy buyumlar va in’yeksiya shprislarini ishlab chiqaruvchi B&H, faoliyati xalq tabobati borasida izlanishlar olib borish va dorivor o‘simliklar asosida mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan Li Liang, ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi va dori vositalarini ishlab chiqaruvchi Jiangsu Wuzhong Pharmaceutical Group Co. Ltd., tibbiy buyum ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Jinsheng Medical hamda tibbiy buyum va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi Suzhou Glymate Laboratory Technology Development Co.Ltd. kompaniyalari vakillari bilan uchrashib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech