O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xitoyning Tianjin Tianlihua Holding Co.Ltd. kompaniyasi vakillari Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida

Xitoyning Tianjin Tianlihua Holding Co.Ltd. kompaniyasi vakillari Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida

Joriy yilning 26 fevral kuni agentlik direktori Abdulla Azizov Tianjin Tianlihua Holding Co.Ltd. kompaniyasi prezidenti Bovey Zhang boshchiligidagi vakillarini qabul qildi.

Kompaniya faoliyati bilan tanishtirgach janob Bovey Zhang O‘zbekistonda Xitoy xalq tabobati yo‘nalishini rivojlantirish istiqbollariga qiziqish bildirdi. Agentlik rahbariyati, o‘z navbatida, yurtimiz farmasevtika bozorining joriy holati hamda Tianjin Tianlihua Holding Co.Ltd. kompaniyasi qiziqish bildirgan yo‘nalishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yo‘lida muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech