O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Аgentliк direktori Abdulla Azizov tarmoqli dorixona rahbarlari bilan uchrashdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda dorixonalar tarmog‘i ham rivojlanmoqda. Dorixonalarning aksariyati xususiy tarmoq ulushiga to‘g‘ri kelayotgani bu sohada tadbirkorlik jadal rivojlanayotganidan dalolat. Bugungi kunda zamonaviy andozalar darajasida barpo etilgan dorixonalar xalqimizga samarali xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu maskanlarning inson salomatligini asrashdagi ahamiyati e’tiborga olinib, dorixonaning vakolatlari, uni boshqarish, faoliyatiga qo‘yilgan shartlar va ularni nazorat qilish bilan bog‘liq me’yorlar normativ-huquqiy xujjatlarda o‘z ifodasini topgan.

Agentlik va dorixonalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tarmoqli dorixona rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bugungi kundagi farmasevtika bozoridagi holat, dorixonalar faoliyatidagi - referent narxlar, ruxsat etilgan chakana savdo ustamasi, dorixonada foydalanilayotgan dasturlarni soliq bilan integratsiyasidagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan suhbatlashildi.

Ma’lumki, dorixonalar faoliyatiga sifat tizimini joriy etish yaxshi dorixona amaliyoti GPP Milliy Davlat standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Yig‘ilishda ushbu Milliy standart talablariga muvofiqlik sertifikatlarni olish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan ham tushuntirish berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech