O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Aholi orasida 15 oktyabrdan karantin tadbirlari qaytadan kuchaytiriishi to‘g‘risida savollar aylanib yuribdi. Bu qanchalik xaqiqat?

Nurmat Otabekov, Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi, respublika bosh sanitariya inspektori:

Birinchidan, karantin choralarini takroran kuchaytirilishiga asos bo‘ladigan sababning o‘zi yo‘q;

➖ koronavirus infeksiyasi bilan kurashishi uchun respublika sog‘liqni saqlash tizimi yetarli darajada dori vositalari, test sistemalar, shifo o‘rinlari, IVL (sunʼiy nafas olish apprati), kislorod konsentratorlari va tibbiy maxsus kiyimlarning yetarli zaxirasi tashkil etilgan;

➖ COVID-19 bilan kurashishda davlatimiz tibbiyot xodimlari xorijiy xamkasblari bilan muntazam aloqa o‘rnatdi va ilg‘or xalqaro tajribalarni respublikamiz tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish imkoniyati yaratildi.

Ikkinchidan, fuqarolarning o‘zini va yaqinlarini sog‘ligini saqlash uchun karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishni davom ettirishimiz kerak;

➖ Respublikada karantin bekor qilingani yo‘q, yumshatildi xolos. Bu davrda yo‘l qo‘yilgan masʼuliyatsizlik, ushbu kasallikga chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, baʼzi yondosh kasalligi bor odamlarda og‘ir kechishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkinligini unutmaslik;

➖ odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda (istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, mahalla, ko‘chalar, savdo, transport va h.k) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi holatlariga barham berish bo‘yicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz bo‘lish;

➖ fuqarolarga o‘zlari, yaqinlari va atrofdagilarning sog‘lig‘i uchun masʼul ekanliklarini doimo eslatib turish, ularni tartibga chaqirish, shuningdek, turli surunkali kasalliklarga chalingan va koronavirusni og‘ir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aholi qatlamini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishda aholini vijdonan yondoshishga chaqirish.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech