O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Akkreditatsiya tizimi baholovchilari va texnik ekspertlarning 2022 yilgi faoliyati yakunlari bo‘yicha anjuman tashkil etildi

Joriy yilning 20 dekabr kuni “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DK tomonidan ILAC MRA va IAF MLA ko‘p tomonlama tan olish bitimlariga qo‘shilishi natijalari va baholovchi hamda texnik ekspertlarning 2022 yilgi faoliyati yakunlari bo‘yicha anjuman tashkil etildi.

Unda milliy akkreditatsiya tizimini APAC, IAF va ILAC miqyosda tan olishga erishishda alohida hissa qo‘shgan, namunali va yuqori samaraga erishgan, 2022 yilda APAC ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan papritet baholashdagi faol ishtirok etgan baholovchi va texnik ekspertlar hamda muvofiqlikni baholash organlarining faol ishtiroki eʼtirof qilindi va munosib taqdirlandi.

Shu jumladan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi”ning Andijon viloyat shoʻba korxonasi Sertifikatlashtirish organi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi”da 2022 yilda APAC ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan paritet baholashdagi vitnes auditlardagi faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech