O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijonda salkam 1,3 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasi fosh qilindi

Respublikamiz bojxonachilari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylamasiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dori vositalari va tibbiy buyumlarning yashirincha saqlanayotganligi aniqlandi.

Oldindan olingan tezkor maʼlumotlar asosida Andijon tumanidagi bir-biriga qo‘shni bo‘lgan 2 ta uy belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, mazkur xonadonlarda 6 turdagi 3800 donadan ortiq dori vositalari va 10 ming dona leykoplastir tibbiy buyumlari borligi aniqlandi.

Xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan mazkur tovarlarning umumiy qiymati salkam 1 mlrd. 300 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech