O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Андижон ҳам ўз “илмий шаҳарча”сига эга бўлади

Joriy yilning 19 iyuni andijonliklar uchun ahamiyatli kun desa mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki bugun viloyat farmatsevtika sohasida faoliyat yuritadigan va ushbu hududda birinchi “ilmiy shaharcha” qurilishiga start berildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimiyati mutasaddilari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati bo‘linmasi rahbar va mutaxassislari, loyiha tashabbuskorlari va viloyat faollari ishtirok etdilar. Tamal toshini qo‘yar ekan, Andijon viloyati xokimi Shuxratbek Abduraxmonov “Andijon Пҳарма Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika markazi butun tarmoq istiqboli uchun mustahkam poydevor yaratishini alohida taʼkidladi.

“1.5 gektar maydonda joylashadigan “Andijon Пҳарма Park” markazi xalqaro tajribani qo‘llagan, chet el investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etgan holda, innovatsion yechimlar va yuksak texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan yurtimizda farmatsevtika sohasini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi”, dedi Shuxratbek Abduraxmonov.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati bo‘linmasi rahbari Ruzimatali Mansirovning aytishicha, markaz o‘z ichiga Dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish markazi, Dori vositalari va tibbiy buyumlar ekspertizasi va standartlashtirish markazi: kimyoviy tahlil laboratoriyasi, mikrobiologik laboratoriya,farmakotoksikologik laboratoriya faoliyat yuritadi. Shuningdek, akademik, ilmiy, klinik va klinik davrgacha bo‘lgan muolajalar uchun dori-darmon vositalari ishlab chiqararadigan sektorlar ishi yo‘lga qo‘yiladi. “Ilmiy tadqiqotlar markazini ham ochish rejada bo‘lib, yosh olimlar, innovatsion g‘oya mualliflarini rag‘batlantirish, moliyalashtirish, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish ham ustuvor maqsadlardan”, deya taʼkidladi Ruzimatali Mansirov.

Shunday oliy maqsadlar rejada ekan, “Andijon Пҳарма Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika markazining to‘la ishga tushinini kutib qolamiz va kelajak faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida
Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.
Telefon: (998 71) 203-81-81
Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech