O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qarshi shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan ochiq muloqotda bir guruh yoshlarning taklif va muammolari tinglandi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari Murodulla Xolmuhammedov, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov hamda “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi Orif Bo‘tayev ishtirok etdi.

Yoshlar jamiyatning muhim bo‘g‘ini sifatida hamisha faol sanalgan, lekin hamma davrlarda ham bugungidek yoshlarni mamlakat rahbari tashabbusi bilan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmagan. Mutasaddi rahbarlarning aynan hududlarning o‘ziga borib, yoshlarning muammo va takliflarini tinglashi, ularga yechim topilishiga ko‘maklashishi samarali usul sanaladi.

Shu maʼnoda mazkur uchrashuv ham viloyatlik yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishida alohida ahamiyat kasb etdi. Masalan, ularning chekka-chekka qishloqlarda ham kitob do‘konlarini ko‘paytirish va arzonlashtirilgan kitob yarmarkalarini muntazam yo‘lga qo‘yish, hududlarda isteʼdodli yoshlarni jamlash va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun media markazlar ochish, xususiy taʼlim muassasalarini tashkil etish uchun yosh tadbirkorlarga ko‘proq imtiyozlar yaratib berish, axborot texnologiyalari sohasida bepul o‘quv kurslarini ochish va bunda davlat ko‘magidan foydalanish, ratsionalizatorlik loyihalarini amalga oshirishda yoshlarni boshlang‘ich mablag‘lar bilan taʼminlash tizimini yo‘lga qo‘yish, oliy taʼlim muassasalari qoshida farzandli bo‘lib, oliy taʼlimda o‘qishni davom ettirayotgan onalar uchun maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish kabi takliflari mutasaddilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va nazoratga olindi.

Press-klub shaklidagi bu kabi "Rahbarlar va yoshlar" uchrashuvining muntazam tashkil etilishi tashabbuskor va intiluvchan yoshlarning isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech