O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Aspirin” koronavirusni yengishda yordam beradi(mi?)

AQSHda Merilend universiteti olimlari aspirin SOVID-19 bemorlari orasida o‘lim darajasini kamaytirishda hamda og‘ir asoratlarga qarshi kurashishda foydali bo‘lishi mumkinligini aniqladilar. Ilmiy ish natijalari «Anesthetsia and Analgetsia» jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda koronavirusning turli darajadagi alomatlari bilan shifoxonada davolanayotgan 412 nafar bemor qatnashdi. 314 kishi aspirin qabul qilishmadi, qolgan 98 nafari esa shifoxonaga tushgandan so‘ng yoki shifoxonaga yotishdan 7 kun oldin 24 soat davomida isitma tushiruvchi dori ichishdi. Olimlar aspirinning o‘pkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatiga ehtiyoji, reanimatsiya va o‘lim darajasiga taʼsirini tahlil qilishdi.

Buni qarangki, aspirin qabul qilgan guruhdagi bemorlarning 35,7 foizi o‘pkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatiga ehtiyoj sezishgan. Preparatni qabul qilmaganlarning esa 48,4 foizi ushbu apparatdan foydalanishga majbur bo‘lishgan. Shuningdek, aspirin reanimatsiyaga zaruratni 12,2 foizga kamaytirgan. Tashqi omillarga moslashgandan so‘ng tadqiqotchilar aspirin qabul qilish bilan shifoxonada o‘lim darajasi va og‘irlar alomatlar rivojlanish ehtimoli o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi.

Biroq olimlarning taʼkidlashicha, SOVID-19 bemorlarida aspirin qabul qilish bilan o‘pkaning shikastlanishi va o‘lim ko‘rsatkichi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish uchun randomizatsiyalangan nazorat tekshiruvini o‘tkazish kerak.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech