O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

B. Yusupaliyev: "Sputnik V" sinovlari ijobiy o‘tsa, vaksina O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda yana qaytadan kasallik avj olmasligi, vaziyat barqaror bo‘lishini taʼminlab berishimiz shart, deya taʼkidlagan SSV rahbari o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev.

"Sputnik V" sinovlari ijobiy o‘tsa, vaksina O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin, deb maʼlum qildi O‘zbekiston Cog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev.

Uning so‘zlaridan "O‘zbekiston 24" telekanali iqtibos keltirgan.

Xorijdan O‘zbekistonga olib kelingan “COVID-19”ga qarshi vaksinalar va ularning sinov bosqichlari haqida maʼlumot berar ekan, Yusupaliyev Yevropa davlatlari va AQSHdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga eʼtibor qaratib, "O‘zbekistonda yana qaytadan kasallik avj olmasligi, vaziyat barqaror bo‘lishini taʼminlab berishimiz shart", deya taʼkidlagan.

SSV rahbari o‘rinbosarining fikricha, bunda eng asosiysi O‘zbekiston aholisini ushbu infeksiyaga qarshi emlash masalasidir.

"Dekabr oyi boshida Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Rossiya tomoni bilan "Sputnik V" klinik tadqiqotlar natijalarini oshkor qilmaslik to‘g‘risida kelishuv bor. Tegishli hujjatlar bizga taqdim etildi. Biz bu hujjatlarni o‘rganyapmiz. Uning natijalariga ko‘ra, vaksinaning 3-bosqich tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilinadi", - dedi Yusupaliyev.

U "Sputnik V" vektorli vaksina - u adenovirus asosida yaratilganiga eʼtibor qaratdi. 

"Buni o‘rganish asosida birinchi navbatda fuqarolarimizning xavfsizligi masalasi, ularda antitanachalar hosil bo‘lish-bo‘lmasligi o‘rganiladi", - degan u. Taʼkidlanishicha, agar bu vaksina o‘zining yaxshi tomonlarini ko‘rsatsa, nafaqat uni sotib olish balki O‘zbekistonda ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish masalasi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekistonga shaxsan COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaksinasi namunalarini olib keldi. Namunalar ular sinovlardan o‘tkazilishi uchun O‘zbekiston tomoniga topshirilgan.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining "Sputnik V" va “Vektor” markazining “EpiVakKorona” vaksinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaksinasi ham ro‘yxatga olinishi kutilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech