O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bilasizmi, tibbiy buyumlar ro‘yxatiga nimalar kiradi?

Tibbiy buyumlar ro‘yxati (ro‘yxat raqami 2809 12.07.2016)ga nimalar kiradi?

I. Tibbiyot bog‘lov materiallari:

1. Tibbiyot dokasi, shu jumladan paxta matoli va to‘qilgan;
2. Tibbiyot gigroskopik, gigiyenik, jarrohlik paxtasi;
3. Tibbiyot gipsli bintlari;
4. Mato va nomato materialdan tayyorlangan tibbiyot bintlari;
5. Birinchi tibbiy yordam bog‘lamlari to‘plami;
6. Gemostatik materiallar;
7. Tibbiyot tamponlari, turundalar, paxta-dokali bog‘lov vositalari, shu jumladan dokadan tayyorlangan salfetkalar va qirqimlar;
8. Tibbiyot niqoblari;
9. Tibbiyot plastirlari (mahkamlovchi yoki davolovchi);
10. Tibbiyot yelimlari;
11. Sorbentlar va gemostatik kukunlar;
12. Tibbiyot tayoqchalari.

II. Tibbiyot tikuv materiallari:

13. Tibbiyotda qo‘llaniladigan iplar (so‘riladigan yoki so‘rilmaydigan, ignali yoki ignasiz);
14. Jarrohlik tikuv skobalari va klipsalari.

III. Teshish, inyeksiya, transfuziya va so‘rib olishga mo‘ljallangan tibbiy buyumlar:

15. Bir marotaba qo‘llaniladigan inyeksion shprislar;
16. Infuzion nasos uchun shprislar;
17. Tana bo‘shliqlariga suyuqlik yuborish uchun qo‘llaniladigan shprislar;
18. Jane shprislari;
19. Drenaj uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar;
20. Tibbiyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan ignalar;
21. Infuzion, transfuzion, eksfuzion sistemalar;
22. Qon olish hamda qon va uning komponentalarini saqlash uchun konteynerlar;
23. Shpris-ruchkalar;
24. Kanyula va kateterlar;
25. Zondlar;
26. Skarifikatorlar, lansetlar.

IV. Angiografiya, angioplastika, dializ, gemodializ, plazmoferez, sunʼiy qon aylanishida qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar:

27. Oksigenatorlar, dializatorlar, rentgenvaskulyar, tomir ichi muolajalari hamda angioplastika tibbiy buyumlari, gemokonsentratorlar, stentlar, fistulalar, magistrallar, o‘tkazgichlar, transdyuserlar va introdyuserlar, naylar, plazmofiltrlar;
28. Dializ va gemodializ uchun sarf materiallari.

V. Stomatologiya va ortodontiya tibbiy buyumlari:

29. Qolip olish materiallari;
30. Stomatologiya plastmassalari, metallokeramika asosidagi plastmassalar;
31. Nometall va metallokeramika tish protezlari uchun farfor massalar;
32. Sunʼiy tishlar;
33. Stomatologik yordamchi materiallar: tish qoplamalari, koronkalar uchun gilzalar, mumlar, laklar, silliqlovchi vositalar, tish protezlarini mahkamlash vositalari va adgeziv vositalar;
34. Stomatologik tibbiy buyumlar: borlar, bor uchi, frezlar, stomatologik boshchalar, pulpoekstraktorlar, kanal to‘ldiruvchilar va uchliklar;
35. Implantologiya va protezlash uchun buyumlar;
36. Metallokeramika, stomatologiyada qo‘llashga mo‘ljallangan sement;
37. Abraziv buyumlar: disklar, toshlar, aylanalar, shtiftlar, matritsalar;
38. Plombalash materiallari;
39. Stomatologik qotishmalar;
40. Stomatologik tibbiyot gipsi;
41. Treynerlar, ligaturalar, elastiklar, briketlar, yanoq naylari, ortodontik halqalar;
42. Tish kanallarini plombalashga tayyorlovchi va paradontologiya uchun buyumlar, shu jumladan ildiz kanallarini kengaytirish uchun gellar.

VI. Oftalmologiya tibbiy buyumlari:

43. Tashxis uchun oftalmologik ko‘zoynak shishalari to‘plamlari;
44. Kontakt, intraokulyar linzalar (qattiq va yumshoq);
45. Optik sinov linzalari to‘plami va ko‘rish qobiliyatini moslovchi buyumlar;
46. Kontakt linzalarni tozalash hamda saqlashga mo‘ljallangan vositalar;
47. Ko‘rish o‘tkirligini tekshirish jadvallari, belgilar, skiaskopik chizg‘ichlar;
48. Ko‘z jarrohligida qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar (ko‘zni namlash uchun mo‘ljallangan tomchilar va silikon moylar, ko‘z shishasi o‘rnini vaqtincha bosuvchi oftalmologik material);
49. Oftalmologik namlash va himoyalash vositalari;
50. Oftalmologik plastika, implantatsiya va protezlash buyumlari.

VII. Akusherlik, ginekologiya va urologiya tibbiy buyumlari:

51. Bir marotaba qo‘llaniladigan polimer qin ko‘zgulari;
52. Bachadon halqalari;
53. Sitocho‘tkalar;
54. Ginekologik zondlar;
55. Siydik yo‘li (urologik) stentlari;
56. Ginekologik to‘plamlar;
57. Ekstrakorporal urug‘lantirish, ginekologiya va urologiyada qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar;
58. Vakuum aspiratorlar.

VIII. Otorinolaringologiya tibbiy buyumlari:

59. Shaxsiy ingalyatorlar;
60. Burun aspiratorlari;
61. Quloq va burunni yuvish va namlash uchun mo‘ljallangan vositalar;
62. Bir marotaba qo‘llaniladigan shpatellar, burun ko‘zgulari va quloq voronkalari.

IX. Anesteziologiya va reanimatsiya uchun tibbiy buyumlar:

63. Traxeal, endotraxeal, nafas yo‘li, loringial, traxeostomik naylar, o‘tkazgichlar, drenajlar, stiletlar, stentlar;
64. Nafas yo‘li va narkoz filtrlari;
65. Nafas yo‘li niqoblari;
66. O‘pkani sunʼiy nafas oldirish yoki sunʼiy nafas oldirish apparati qopchalari (resuskitatorlar);
67. Orqa miya, epidural, o‘tkazuvchi va mahalliy anesteziya to‘plamlari.

X. Protez-ortopediya buyumlari va implantant vositalari:

68. Ortopedik bo‘yin tutgichi;
69. Ortopedik poyabzallar va davolash-profilaktika pataklari;
70. Implantantlar;
71. Ortopedik buyumlar: korsetlar, langetlar, tutorlar, reklinatorlar, obturatorlar;
72. Osteosintez tibbiy buyumlari;
73. Suyak sinishini davolashda qo‘llaniladigan shinalar va immobilayzerlar;
74. Elektrostimulyatorlar, shu jumladan implantlanuvchi kardiostimulyatorlar;
75. Sunʼiy aʼzolar, sunʼiy tomir protezlari, sunʼiy yamoqlar, sunʼiy yurak klapanlari, endoprotezlar, sunʼiy sut bezlari protezi, sunʼiy suyaklar, suyak to‘qimalari o‘rnini bosuvchi sunʼiy buyumlar, sunʼiy transplantatlar, suyak sementi.

XI. Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar:

76. Dori vositasi hisoblanmagan jarohatni bitkazishda qo‘llaniladigan vositalar;
77. Krioterapevtik vositalar;
78. Vaginal namlovchi gellar;
79. Tibbiyot xantali.

XII. Tashxis vositalari:

80. Auskultatsiya va perkussiya uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar;
81. Peshona reflektorlari;
82. Tibbiyot termometrlari;
83. Rentgenografiya va flyuorografiya plyonkalari;
84. Tibbiyot plyonkalarini yorituvchi va mustahkamlovchi buyumlar;
85. Kontakt va ultratovush tashxisi uchun gellar.

XIII. Rezina, rezinamatoli, lateksli va polimer tibbiy buyumlar:

86. Qo‘lqoplar (steril, nosteril);
87. Kompression tibbiyot buyumlari;
88. Korrektorlar, fiksatorlar;
89. Jgutlar.

XIV. Kontratseptivlar:

90. Spirallar, prezervativlar;
91. Homiladorlikdan saqlovchi qalpoqchalar.

XV. Birinchi tibbiy yordam buyumlari:

92. Dori qutilari, sanitar sumkalar (sanitar sumkalar tarkibidagi dori vositalari yoki tibbiy buyumlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart);
93. Kislorod uchun ballonchalar va yostiqlar.

XVI. Bemorlarni parvarishlash tibbiy buyumlari:

94. Taglik chambarak;
95. Ichi bo‘sh rezina buyumlar (grelkalar, muz pufakchalari, sprinsovkalar);
96. Siydik va najas qabul qilgichlar;
97. Tuvaklar;
98. Buyraksimon tibbiyot lotoklari;
99. Tibbiyot pipetkalari;
100. Sut so‘rib olgichlar;
101. Uchliklar;
102. Applikatorlar.

XVII. in vitro tashxis buyumlari:

103. Reagentlar va reagentlar to‘plami;
104. Test-sistemalar;
105. Ekspress testlar, indikator sistemalari;
106. Polimer zanjir reaksiyasi tahlili uchun reagentlar to‘plami, shu jumladan DNK/RNK ajratib olish, amplifikatsiya, deteksiya va elektroforez to‘plamlari;
107. Nazorat va standart materiallari;
108. Ozuqa muhitlari.

Izoh:

Mazkur Ro‘yxatda nazarda tutilgan tibbiy buyumlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etiladi. Mazkur Ro‘yxatda nazarda tutilgan tibbiy buyumlar alohida to‘plam holatida, tibbiy texnikaning sarf qismi sifatida yoki tibbiy texnikaning to‘plami tarkibida bo‘lishi mumkin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech