O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Biologik faol ozuqaviy qo‘shimchalar (BFQ) bu nima? “BFQ” lar dori vositasi hisoblanmaydimi?

Biologik faol ozuqaviy qo‘shimchalar (BFQ, biologicheski aktivniye dobavki (BAD) – bu nima? “BFQ” lar dori vositasi hisoblanmaydimi?

Javob:

Balansli ovqatlanish – sog‘lig‘imizning asosidir. Biologik faol ozuqaviy qo‘shimchalar bizning parhezimiz meʼyorida bo‘lishini taʼminlash uchun lozim bo‘lgan birikmalar majmuidir.

Ular o‘simlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki baʼzi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham qo‘lga kiritilishi mumkin.

Biologik faol qo‘shimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o‘simlik ekstraktlari, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sog‘lom moddalarni o‘zlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini kuchaytirib, ko‘plab kasalliklarning xavfini kamaytiradi.

Ozuqaviy biofaol mahsulotlar oziq-ovqat va dori vositalaridan quyidagi mezonlarga ko‘ra ajratiladi:

☑️ Ozuqalanishning optimal fiziologik ratsioniga erishish uchun BFQ qo‘shimchalardan foydalanish zaruriyati;
☑️ BFQ mahsulotlarining savdosi maʼlum dozalarda oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida yuritilishi;
☑️ BFQ mahsulotlarida farmakologik taʼsirning yo‘qligi;
☑️ BFQ mahsulotlarida nojo‘ya taʼsirning yo‘qligi;
☑️ BFQ inson organizmi va tizimining fiziologik barqaror bo‘lmagan hollarda ularning funksional faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallanganligi;

Biofaol ozuqaviy qo‘shimchalar dori vositalari sirasiga kirmaydi❗️

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech